
Diego Simeone "Atletiko"ning rekordchi murabbiyiga aylandi
"Atletiko" Ispaniya chempionati 32 turi doirasida "Alaves"ni o‘z uyida qabul qilib, raqibni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa "Atletiko" ustozi Diego Simeone madridliklar klubi boshqaruvidagi 195 g‘alabani qo‘lga kiritib, "matraschilar"ning eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiyi unvonini qo‘lga kiritdi.
Bungacha ushbu ro‘yxatni mashhur ispaniyalik murabbiy Luis Aragones boshqarib kelayotgan edi. U 14 mavsum mobaynida (1974 yildan 1980 yilgacha, 1982 yildan 1987 yilgacha, 1991 yildan 1993 yilgacha va 2001 yildan 2003 yilgacha) "Atletiko"ni 407 ta uchrashuvda maydonga olib tushib, 194 marotaba g‘alaba qozongan. Simeonega ushbu rekordni yangilash uchun 320 ta o‘yin etarli bo‘ldi.
Fikrlar