Diego Kosta yana APLga qaytishi mumkin
Yaqinda “Atletiko”dan ketgan hujumchi Diego Kosta faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
TribalFootball tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli ispaniyalik futbolchi "Vulverxempton" bilan muzokara olib bormoqda. Ammo tomonlar hozircha shartnomaning moliyaviy tomonida murosaga kela olmayapti. Kosta haftasiga 277 ming evro maosh so‘ramoqda, biroq "Vulverxempton" bunday katta maosh to‘lay olmasligini ma’lum qilyapti.
Ayni damda erkin agent hisoblangan Diego Kosta uchun APL begona emas. U bundan avval, "Chelsi"da bir necha mavsum harakat qilgan.



Fikrlar