Diego Godin: Menga "Yuventus" va MYudan ham takliflar bo‘lgan, ammo...

  • 29 iyul, 2019, 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvaylik himoyachi Diego Godin nega “Inter”ga o‘tganini aytdi.

Tecno

“Bir yil oldin menga “Manchester Yunayted” va “Yuventus”dan ham takliflar bo‘lgandi. Undan oldinroq esa “Manchester Siti” ham menga qiziqqan. Biroq, o‘shanda meni “Atletiko” bilan shartnomam bor edi.

Shu o‘rinda bir narsani aytishim kerakki, hech bir klub meni “Inter”chalik ko‘ndira olmagan. Ularda xuddi o‘zimdagidek ulkan istak bor. Ushbu loyihada ishtirok etish va “Inter”ga yordam berishdan xursandman”, - deydi Godin.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi “neradzurrilar” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!