
Dibalani xafa qilishdi
Hujumchi Paulo Dibala "Inter"dan rasmiy taklif kutishdan charchadi. Shuning uchun argentinalik forvard Italiya klublari klublari taklifini tinglashga tayyor.
“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, "Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spaletti hujumchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Qolaversa, "Roma" ustozi Joze Mourino ham Dibalani Rimga kelishidan manfaatdor.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" Paulo Dibalaning maoshi sabab u bilan shartnoma imzolashni kechiktirmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, klub argentinalik futbolchiga Aleksis Sanches va Edin Jekodag birini sotgandan keyingina taklif jo‘natishni rejalashtirgan.
Dibala so‘nggi 7 yil davomida Turinning “Yuventus” klubi sharafini himoya qilgan. U o‘tgan oyning oxirda erkin agent sifati bo‘lib “keksa sinora” safini tark etdi.
Fikrlar