
Dibalaga Turin torlik qilyapti
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala jamoadagi holatidan norozi bo‘lmoqda va qishki transferlar mavsumida Turindan ketishga qaror qildi.
Andrea Pirlo “Yuventus”ni qabul qilib olganidan keyin hujumga “Atletiko”dan Alvaro Moratani olib keldi. Ispan hujumchisi ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamoqda. Paulo Dibala esa klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Argentinalik hujumchi talab qilayotgan maosh turinliklarga to‘g‘ri kelmayapti.
Qolvarsa, “Yuventus” hujumida asosan Morata va Krishtianu Ronaldu o‘ynamoqda.
Albatta, Dibaladek iqtidor sohibi ham ishsiz qolmaydi. Hozirdan “Manchester Yunayted” va “Real” mutasaddilari argentinalik futbolchini o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilmoqda. Har ikki superklub ham qishki transferlar mavsumida Dibalaning shartnomasini sotib olishga tayyor.
Fikrlar