
Dibalaga penalti tepishni kim maslahat bergan?
Jahon chempionati final bellashuvida Argentina va Frantsiya terma jamoalari to‘qnashdi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Argentina futbolchisi Paulo Dibala jamoasining ikkinchi to‘pini aniq ijro etdi va buni jamoadoshi Emiliano Martinesning maslahati bilan amalga oshirganini aytdi.
"Ha, Emiliano Martinesning maslahati bilan to‘pni markazga yo‘lladim. Men penaltilar seriyasi uchun maydonga tushirilganimni tushundim va bu zarbani golga aylantirishim shart edi.
O‘zim chap burchakka tepmoqchi edim. Lekin Martines markazga tepishimni aytdi. Loris albatta, qaysidir tomonga sakrashini aytdi. Hammasi shunday bo‘ldi", - dedi "Roma" vingeri.
Fikrlar