Dibalaga boshqacha tarbiya berishgan

  • 10 iyun, 2020, 08:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala dunyodagi irqchilik bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

dila

“Agar siz irqchilikdan aziyat chekmagan bo‘lsangiz va bunday his-tuyg‘ularni boshdan kechirmagan bo‘lsangiz, irqchilikka duchor bo‘lgan insonlar o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘rishingiz qiyin. Ammo, sen tushunasan, chunki jamoadoshlaring irqchilikka duch kelishadi. Faqatgina terining rangiga qarab emas, uning qaysi davlatdan ekaniga ham qarashadi.

Gap faqat tananing rangida emas. Odamlar nima to‘g‘ri kelsa, shu bilan kamsitilishlari mumkin. Biz yoshlar jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazganimizda, osiyolik futbolchilarga nisbatan qilingan munosabatni ko‘rdim va bu juda achinarli.

kosta_1

Mening oilamda odamlarni terining rangi, kiyinishi yoki qaerda tug‘ilganiga qarab emas, balki kimligi, qanday fikrlashiga qarab hurmat qilishni o‘rgatishgan. Hammani shunday tarbiyalash kerak, lekin bunday qilishning imkoni yo‘q”, - deydi Dibala.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!