Dibala va Matich "Roma"da qaysi raqamni tanladi?

  • 18 iyul, 2022, 15:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" mavsumlar oralig‘ida bir qator yirik transferlarni amalga oshirdi. Argentinalik hujumchi Paulo Dibala va serbiyalik yarim himoyachi Nemanya Matich shular jumlasidandir.

Tecno

Roma news nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Dibala "Roma"da 10-raqamni olmaydi. U 21-raqamda to‘p suradi. Matich esa o‘ziga 8-raqamni tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, "Roma"ning 10-raqami jamoaning afsonaviy futbolchisi Franchesko Totti sharafiga abadiy berilmasligi ma’lum qilingan. Biroq Totti agar Dibala "Roma"ga o‘tsa, o‘z raqamini berishga tayyorligini ham aytgan. 8-raqamda esa ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyar o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!