Dibala uchun Italiya chempioni ham kurashga qo‘shildi

  • 23 iyun, 2022, 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" "Yuventus"ning argentinalik yarim himoyachisi Paulo Dibalaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Milan klubi futbolchini joriy yozgi transfer oynasi qo‘lga kiritishni niyat qilgan, chunki uning "Yuve" bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi va u erkin agent sifatida tekinga o‘tishi mumkin.

Avvalroq Dibala "Inter" bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgani, ammo transfer hali amalga oshmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

28 yoshli Dibala o‘tgan mavsum "Yuventus" safida jami 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!