
Dibala uchun ikki Milan klubi asosiy da’vogar
"Yuventus" futbolchisi va hozirda erkin agent bo‘lib turgan Paulo Dibala ko‘plab klublardan taklif olmoqda. Ayni paytda unga "Milan" va "Inter" kabi klublardan qiziqish bo‘lmoqda.
"Corriere della Sera" xabariga ko‘ra, "Inter" allaqachon futbolchiga 5 million evroga teng 4 yillik shartnoma taklif qilgan. Yana 1 million evro bonus sifatida taqdim etiladi.
Ikki Milan klubidan tashqari "Napoli" va Silvio Berluskoni jamoasi "Montsa" ham argentinalikni sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq Paulo hali yakuniy qarorga kelmagan.
Fikrlar