
Dibala sotiladi, agar...
Agar hujumchi Paulo Dibala shartnomani uzaytirishni xohlamasa, "Yuventus" rahbariyati uni sotib yubormoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq “keksa sinora” argentinalik futbolchiga yiliga 10 mln evro maosh hamda 2025 yilgacha tuzilgan shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yilga qadar imzolangan.
27 yoshli Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar