Dibala Shomurodov bilan bir jamoada o‘ynashga yaqin turibdi

  • 17 iyul, 2022, 14:10
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Paulo Dibala yozda "Roma"ga o‘tishi mumkin, deb yozadi “romapress” nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ayni paytda futbolchi uchun "bo‘rilar" va "Napoli" klublari jiddiy kurash olib borishmoqda. Avvalroq “Inter” argentinalik futbolchini sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq keyinchalik “neradzurrilar” Pauloni sotib olish fikridan qaytdi.

 “Napoli” moliyaviy muammolari tufayli futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqa olmaydi. Shunday ekan, “Roma” Dibalaga asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda. Rimliklar futbolchini qo‘lga kiritish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Dibala 1 iyul kuni erkin agentga aylandi. O‘tgan mavsum hujumchi turinliklar safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!