Dibala “Roma”ga Ronaldudek foyda keltira boshladi

  • 23 iyul, 2022, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin uning nomi va raqami tushirilgan futbolka birinchi kunning o‘zida rekord darajada sotildi. Bunday holat Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o‘tgan davrda qayd etilgandi, deb xabar berdi Corriere dello Sport nashri.

Tecno

Dibalaning futbolkasi birinchi kunning o‘zida bir necha minglab sotildi. Muxlislar har bir futbolka uchun 110-130 evro miqdorida pul sarflagan.

Joze Mourino argentinalik yulduzni Rim klubi bilan uch yillik shartnoma tuzishga ko‘ndirdi.

Dibala poytaxt “bo‘rilari” safida 21-raqamda to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!