
Dibala "Milan"ga o‘tmaydigan bo‘ldi
"Yuventus" sobiq futbolchisi Paulo Dibala "Milan"ga o‘tmasligi aniq bo‘ldi. Bu haqda taniqli jurnalist Nikola Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, amaldagi A Seriya chempionlari hujumchi sotib olishni ustuvor vazifa, deb hisoblamaydi. Dibalaga ham "rossonerilar" varianti ma’qul kelmagan.
Paulo uchun kurashda "Inter" ustunlik qilmoqda. Nomzodlar qatorida "Roma", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi jamoalarning nomi keltirib o‘tilgan.
Argentinalikning o‘zi faoliyatini Italiyada davom ettirmoqchi ekanini ma’lum qilgan.
Fikrlar