
Dibala mening darajamga etishi uchun yana o‘n yil “Roma”da o‘ynashi kerak!
“Roma” afsonasi Franchesko Totti rimliklarning bugungi kundagi eng zo‘r futbolchisi Paulo Dibala hali 10-raqamga loyiq emasligi ta’kidladi.
Rim klubida 10-raqamda oxirgi marotaba Tottining o‘zi 2017 yilgi mavsumda to‘p tepgan. Shundan beri bu raqam bo‘sh turibdi.
- Dibala “Roma”da 10-raqamni olishga loyiqmi? Agar Paulo yana uzluksiz kamida o‘n yil Rim klubida o‘ynasa, keyin bunga loyiq bo‘ladi, - dedi Franchesko Totti.
Argentinalik yulduz “bo‘rilar” safiga o‘tgan yili yozda qo‘shilgan edi. Bungacha Dibala etti yil davomida “Yuventus” sharafini himoya qilgan. Yakunlangan mavsumda Paulo Italiya chempionatida 25 ta uchrashuvda 12 ta gol va oltita assist qayd etdi.
Fikrlar