Dibala jahon chempionati oltinini topshirib yubordi

  • 5 yanvar, 2023, 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi safida Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan Paulo Dibala “Roma”ga ajoyib sovg‘a tayyorladi.

Tecno

29 yoshli futbolchi mundialda qo‘lga kiritilgan g‘alaba uchun berilgan oltin medalni “Roma” klubining tarixiy arxiviga topshirdi. Argentinalik hujumchi bu qarori bilan “bo‘rilar” jamoasiga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatdi.

Dibala “Yuventus”dagi faoliyati yakunlanganidan keyin o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Roma”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Tajribali hujumchi qisqa fursatda Joze Mourino jamoasining yangi etakchisiga aylandi. Portugaliyalik mutaxassis mashhur to‘purar yordamida “Roma”ni chempionlar ligasiga olib chiqmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!