Dibala faqat Messidan ortda qolmoqda

  • 16 yanvar, 2023, 09:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 18-turida "Roma" o‘z maydonida "Fiorentina"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Rimliklar tarkibidagi har ikki golni Paulo Dibala o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Petro Terrachano darvozasiga kiritilgan ilk to‘pni argentinalik pleymeyker uzoq masofadan yo‘llagandi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi "Opta" portali xabariga ko‘ra, Dibala A Seriyada 28-bor jarima maydoni tashqarisidan raqib postini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. U bu ishni dastlabki bor uddalagan 2015 yildan beri faqatgina Messining natijasi Paulonikidan yaxshiroq - 55 bor.

29 yoshli futbolchi jori mavsum avvalida erkin agent sifatida "bo‘rilar" tarkibiga kelib qo‘shildi. Bu vaqt oralig‘ida u 16 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!