Dibala Evropaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari qatoriga kirishi mumkin

  • 15 dekabr, 2020, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

“Ajoyib yangilik - Paulo yana gol ura boshladi. Bu uning joriy mavsum A Seriyada kiritgan birinchi goli bo‘lishi mumkin, ammo u koronavirus bilan og‘ridi. Ushbu qiyin davr tiklanish muddatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.

U "Yuventus"ni sevadi. Yaqin kelajakda biz uning qo‘lida sardorlik bog‘ichini ko‘ryapmiz. U hozir ham ba’zida sardor o‘rnini egallaydi.

Shuningdek, Pauloga yangi shartnoma bo‘yicha taklifimiz bor. Unda Dibalani Evropaning eng ko‘p maosh oladigan 20 nafar futbolchisidan biriga aylantiradigan summalar yozilgan. Futbolchi ushbu taklifdan xabardor va biz endi shunchaki javobni kutmoqdamiz.

Klub Dibalaning dunyoning eng yaxshi beshta futbolchisidan biriga aylanish maqsadiga erishishda yordam berishni xohlamoqda”, - dedi Anelli.

Dibalaning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!