Dibala de Bryuynega murojaat qildi: “A Seriyaga xush kelibsan!”

  • 13 iyun, 15:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, de Bryuyne o‘n yil davomida "Manchester Siti" safida to‘p surdi va klub bilan ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi. "Roma" hujumchisi Paulo Dibala Italiya chempionatiga qo‘shilgan yangi yulduz — Kevin de Bryuyneni qutladi. 33 yoshli belgiyalik yarim himoyachi bu yozda "Napoli"ga erkin agent sifatida o‘tdi.

Tecno

Dibala ijtimoiy tarmoqda de Bryuyne bilan bo‘lgan suratni joylab, unga shunday deb murojaat qilgan:

"Rahmat, Kevin. A Seriyaga xush kelibsan! Yaqin orada ko‘rishamiz".

"Napoli" de Bryuyne bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Endi esa muxlislar Dibala va de Bryuyne o‘rtasidagi duelni kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!