
Dibala Beylning yo‘lini tanladi
“Yuventus” rahbariyati bosh murabbiy Andrea Pirlo kelasi mavsum ishonch bildirishni istamayotgan Paulo Dibalani yozda sotib yuborishga qaror qilgan edi. Argentinalik futbolchi bir yildan beri yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda va klub u talab qilayotgan yiliga 15 million evrolik maoshni berishga ko‘nmayapti.
Joriy mavsumda esa Dibala kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Shunga qaramay, Dibala “Real”da Garet Beyl qo‘llagan usulni tanladi. Ya’ni, klubdan ketmasdan, zaxirada baxti ochilishini kutib o‘tirishni ma’qul ko‘rmoqda.
“Yuventus” o‘tgan yili yozda Dibalaga 10 million evro maoshli bitim taklif qilgan edi. Biroq, futbolchi uni qabul qilmadi va klub etti oydan beri o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi.
Krishtianu Ronaldu kelgunga qadar “Yuventus”ning asosiy yulduzi bo‘lgan Paulo Dibala bu mavsumda atigi 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol urdi xolos.
Fikrlar