Dibala "Barselona"ga o‘tishi mumkin!

  • 7 mart, 2024, 09:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. 

Tecno

Argentinalik futbolchining agentlari uning xizmatlarini "ko‘k-anorranglilar"ga taklif qildi, deya xabar berdi "Diario Sport" nashri.

30 yoshli futbolchining rimliklar bilan tuzgan shartnomasida 12 million evro tovon puli ko‘rasatilgan. Dibalani qo‘lga kiritish "Barsa" uchun ustuvor masala emas, biroq bu taklif o‘rganilmoqda.

Transferning amalga oshishiga Joau Felishning kelajagiga ham bog‘liq. "Atletiko" futbolchisi ijara asosida Xavi jamoasida o‘ynamoqda. 

Ma’lumot uchun, Paulo joriy mavsum A Seriyada 19 uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol urdi va 7 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!