Dibala armon bo‘ldi!

  • 16 yanvar, 2023, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Etti mavsum davomida “Yuventus”da to‘p tepgan Paulo Dibala yozda shartnomasi tugaganidan keyin jamoasiz qolgandi. Ayrim grand klublar argentinalik hujumchining imkoniyatlariga shubha bilan qaradi.

Tecno

Xususan, “Inter” klubi rahbariyati ham Dibalaga o‘z jamoasidan joy berishni istamadi. Vaziyatdan Joze Mourino unumli foydalanib, Argentina terma jamoasi yulduzini Rimga olib keldi.

Hozir Dibala “Roma”ning eng zo‘r o‘yinchisiga aylanib bo‘lgan va jamoaga juda katta foyda keltirmoqda.

Italiya matbuotining yozishicha, “Inter” rahbariyati Dibaladan yuz o‘girganidan qattiq afsusda. Ular ishongan Romelu Lukaku o‘zini ko‘rsata olmayapti. Pauloning o‘yini esa, tobora ochili boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!