
Dibala, sen bizga kerak emassan!
La Gazzetta dello Sport nashri “Inter” rahbariyati argentinalik hujumchi Paulo Dibalani bu yoz transfer qilmasligi haqida ogohlantirgani haqida xabar chop etdi.
Manbaning ta’kidlashicha, milanliklar to‘purarga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolgan. Biroq bu transferni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lish uchun “Inter” mutasaddilari hozirgi tarkibdan bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Milan klubi birinchi navbatda Aleksis Sanches, Edin Jeko va Xoakin Korrea bilan xayrlashmoqchi.
Yaqinda Sanchesga “Vilyarreal”dan taklif bo‘ldi. Biroq chililik futbolchi chorlovni qabul qilmadi. Jeko va Korrea masalasi esa hamon ochiq qolmoqda.
Fikrlar