Di Mariyaning rafiqasi muxlis bilan tortishib ketdi

  • 25 may, 2023, 18:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Anxel Di Mariyaning rafiqasi futbolchini tanqid qilgan muxlisni ahmoq, deb atadi. 

Dushanba kuni "Yuventus" A Seriyaning 36-turida "Empoli"ga imkoniyatni boy berdi (1:4). 

O‘yindan so‘ng "Instagram"dagi muxlislardan biri Anxel Di Mariyani tanqid qildi. Argentinalikning rafiqasi ushbu izohga javob qaytardi va mag‘lubiyatda bosh murabbiy Massimliano Allegri aybdor ekanligiga ishora qildi. 

"U murabbiy emas. Jamoani o‘yinga u tayyorlamaydi va himoyaga yotib olishni afzal ko‘rmaydi. Ovozingni o‘chir. Sen aqmoqsan yoki buning uchun senga pul to‘lanadimi?, - deb yozgan Xorgelina Kardoso. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!