Di Mariya va "Yuventus" o‘rtasida muzokara ketmoqda

  • 29 mart, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yarim himoyachisi Anxel di Mariya yangi mavsumni ham Turin klubida o‘tkazishga yaqin turibdi.

Tecno

Jurnalist Sezar Luis Merloning xabar berishicha, tomonlar o‘rtasida amaldagi shartnomani yana bir yilga uzaytirish masalasi muhokama qilinmoqda. Xabar qilinishicha, kelishuv hali yakuniy bosqichda emas, biroq muzokaralar ijobiy ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempioni joriy mavsum boshidan buyon "Yuventus" safida to‘p surmoqda. Di Mariya turinliklar safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Argentinalik futbolchining “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!