Di Mariya "Boka Xuniors"ga qarshi uchrashuvdagi tanqidlarga javob berdi

  • 17 iyun, 10:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "Benfika" va "Boka Xuniors" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Ushbu o‘yinda gol urgan Anxel Di Mariya argentinalik muxlislar tomonidan tanqidga uchradi.

Tecno

Tajribali yarim himoyachi "TyC Sports" nashriga shunday izoh berdi:

"Hech qanday hayratlanarli jihat yo‘q. Bu — futbolning bir qismi. Men boshqa jamoa futbolchisiman va "Boka" darvozasiga gol urdim. Muxlislarning ranjishi — bu mutlaqo tabiiy. Biz buni tushunamiz" - deya ta’rif berib o‘tdi 37 yoshli futbolchi

Birinchi turdan so‘ng "Benfika" 1 ochko bilan C guruhida 3-o‘rinda bormoqda. Klubning navbatdagi uchrashuvi 20 iyun kuni "Oklend Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!