Di Mariya Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi

  • 8 sentabr, 2023, 09:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik futbol afsonasi Anxel di Mariya terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi.

Tecno

"ESPN" nashri xabariga ko‘ra, "Benfika" yarim himoyachisi 2024 yilgi Amerika Kubogidan so‘ng Argentina terma jamoasini tark etadi. Shuningdek, amaldagi jahon chempionlarining ustozi Lionel Skaloni 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining ilk uchrashuvida di Mariyaning o‘rnini Nikolas Gonsales bilan o‘tkazishi mumkinligi xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Anxel 2008 yildan buyon Argentina terma jamoasi libosida o‘ynab kelmoqda. U milliy terma jamoa safida 132 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urgan, jumladan, Qatar jahon chempionatining Frantsiyaga qarshi g‘alabali finalida gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!