Deyvison Figeyredu: "Pyotr Yan o‘zining nokautlari bilan tanilganini bilaman, lekin..."

  • 21 noyabr, 2024, 15:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Deyvison Figeyredu o‘ta engil vazn toifasida sobiq chempion Pyotr Yanga qarshi o‘tadigan jangi haqida gapirdi.

"Yan o‘zining nokautlari bilan tanilganini bilaman. Lekin u oxirgi paytlarda hech kimni nokautga uchrata olmadi, barcha bahslar hakamlar qarori bilan yakunlangan. Pyotrning so‘nggi janglarini ko‘rgach, uning kamchiliklarini bilib oldim. Bahs stendda kechsa, xavfli ekanligiga shubham yo‘q. Lekin uning kurashini meniki bilan solishtirib bo‘lmaydi”, - dedi braziliyalik Kevin Ayolaga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Deyvison Figeyredu ((24-3-1) va Pyotr Yan (17-5) to‘qnashuvi 23 noyabr kuni Xitoyning Makao shahrida, "UFC Fight Night 248" turnirida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!