Deyvison Figeyredu ochkolar bo‘yicha, Charlz Oliveyra sabmishn orqali g‘alaba qozondi, boshqalar esa...
Hozirgina Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC Rio" turniri yakunlandi.
Quyida shiddatli va murosasiz kechgan barcha to‘qnashuvlarning natijasi bilan tanishishingiz mumkin.
Prelim kard:
Luan Laserda 1-raundda Saymon Oliveyrani sabmishn orqali taslim etdi;
Juliya Polastri 3-raundda Karolina Kovalkevichni texnik nokautga uchratdi;
Lukas Rosha hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Styuart Nikoll ustidan g‘alaba qozondi;
Beatris Meskita 2-raundda Irina Alekseevani bo‘g‘ish usuli orqali engdi;
Vitor Petrino 3-raundda Tomas Petersenni nokaut qildi!
Jafel Filo 1-raund so‘ngida Kleyton Karpenterni sbamishn orqali mag‘lubiyatga uchratdi;
Maykl Asvell 1-raunddayoq Lukas Almeyda ustidan texnik nokaut evaziga zafar quchdi;
Asosiy kard:
Kaan Ofli 1-raunddayoq Rikardo Ramosni sabmish orqali engdi;
Mario Pinto 2-raundda Jonata Dinizni texnik nokaut qildi;
Xoel Alvares hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Visente Lukedan ustun keldi;
Deyvison Figeyredu ochkolar evaziga Montel Jekson ustidan zafar quchdi;
Charlz Oliveyra 2-raundda Mateush Gamrotni sabmishn orqali mag‘lub etdi!



Fikrlar