"Devis kubogi". Ilk kungi natijalar bilan tanishing!

  • 13 sentabr, 2024, 17:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Bugun "Devis kubogi" saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston - Etoniya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Birinchi bo‘lib,  Sergey Fomin ATP reytingida 224 o‘rinni egallab turgan tennischisi Mark Layalga qarshi kortga chiqdi. Bahs 4:6 6:4 6:7 hisobida estoniyalik raketkachi foydasiga yakunladi. Kunning ikkinchi uchrashuvida O‘zbekistonning  birinchi raketkasi Humoyun Sultonov Kristian Tammga qarshi bahs olib bordi.
Unda Sultonov raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.1 soat-u 47 daqiqa davom etgan bahsda 7:6, 6:4 hisobi qayd etildi. Ikkita uchrashuv natijasiga ko‘ra, jamoalar o‘rtasidagi hisob hozircha durrang. O‘zbekiston 1-1 Estoniya. Ertaga juftlik hamda yakkalik bahslari bo‘lib o‘tadi. 

Humoyun Sultonov/Sergey Fomin - Johannes Seem/Siim TROOST

Khumoyun Sultanov — vs — Mark Lajal
Sergei Fomin — vs — Kristjan Tamm

Eslatib o‘tamiz, juftlik g‘olibi 2015 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan "Devis kubogi" jahon saralash bosqichida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!