Desham Messidan xavfsiraydi

  • 15 dekabr, 2022, 10:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Argentinaga qarshi final oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Messi turnir boshidanoq porladi. Ha, to‘rt yildan keyin albatta, uning texnikasida farqlar mavjud. To‘rt yil oldin u bizga qarshi markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘ynagandi, o‘shanda men uni boshqa zonada kutgandim.

Hozir u boshqa hujumchi bilan tandemda o‘ynasa, haqiqatan ham mudofamiz oldida katta xavf vujudga keladi. Biz uning ta’sirini iloji boricha cheklashga harakat qilamiz. Tezkor futbolchilarimizni qo‘riqlashda ularga ham oson bo‘lmaydi", - deya Deshamning so‘zlaridan iqtibos keltiradi L'Equipe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!