
Desham Messi haqida: "2018 yildagi uchrashuv esingizdami?"
Dide Desham Frantsiya terma jamoasining Lionel Messiga qarshi rejasi haqida gapirdi.
Argentina hamda Frantsiya terma jamoalari JCh-2022 finalida o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bahs 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Biz u bilan 2018 yildagi jahon chempionati nimchorak finalida uchrashganmiz. Eslaysizmi? Buyog‘iga nima qilish kerakligini o‘ylashimiz kerak.
Baribir uni to‘xtatish uchun nimadir qilish lozim. To‘rt yil avval biz uni ko‘proq qanotda harakatlanishini kutgandik. Biroq u markaziy hujumchi sifatida o‘ynadi. Ayni vaqtda u pleymeyker va bu zonada u yanada xavfliroq", - dedi Frantsiya terma jamoasi ustozi.
Fikrlar