
Desham Mbappega kutilmagan “zarba” beradi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham mashhur hujumchi Kilian Mbappe bilan uchrashib, ayrim masalalarni muhokama qilib oladigan bo‘ldi.
L’Equipe nashrining yozishicha, tajribali murabbiy terma jamoaning keyingi yig‘inlarida ishtirok etmayotgan to‘purardan sardorlik vakolatini olib qo‘ymoqchi.
Agar Desham Mbappeni sardorlik bog‘ichidan voz kechishga ko‘ndira olsa, terma jamoada yangi sardor tayinlanadi.
Murabbiylar shtabi uch nafar yangi sardor nomini aniqlab qo‘ydi. Sardorlik bog‘ichi Ngolo Kante, Ibraim Konate va Orelen Tchuameniga o‘tadi.
Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida 86 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 48 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar