Desham: "Bu biz to‘rt yil oldin o‘ynagan Argentina emas"

  • 16 dekabr, 2022, 17:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18 dekabr kuni Jahon chempionati finali doirasida Frantsiya Argentina bilan kuch sinashadi. Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham raqib Messi va Argentina termasi haqida o‘z fikrlarini bayon qilib o‘tdi.

Tecno

"Bu jamoada juda zo‘r o‘yinchi bor va bu Messi ekanini hamma biladi. Bizni katta jang kutmoqda. Argentina tajovuzkor jamoa.

Buning oldini olish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Jamoalardan faqat bittasi uchinchi yulduzni oladi.

Messi turnir boshidan beri ajoyib harakat qilmoqda. To‘rt yil oldin hamma narsa boshqacha edi. U uchrashuvni biz kutgan holatda emas, balki hujumchi sifatida yakunlagandi. Endi ularda hujumchi bor, Messida esa erkinlik. U tez-tez to‘p bilan muomala qilmoqda va ajoyib formada ekani ko‘rinib turibdi.

Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi yoki kamida eng yaxshilaridan biri. Uning o‘yinga ta’sirini imkon qadar cheklash uchun harakat qilishimiz kerak bo‘ladi. Ba’zi futbolchilarim bilan Argentina ham shunday qilishi kerak bo‘ladi. Lekin bu biz to‘rt yil oldin o‘ynagan Argentina emas. Shunisi aniq!", - dedi mutaxassis final oldidan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!