
Desham bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolanishi mumkin
Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel le Gre jurnalistlar bilan suhbatda terma jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamning kelajagi haqida gapirdi.
Unga ko‘ra federatsiya vakillari murabbiy bilan nafaqat 2026 yilgacha, balki 2030 yilgacha bo‘lgan shartnoma haqida ham gaplashmoqchi. Funktsioner yaqin orada Desham bilan barcha masalalarni muhokama qilishini ta’kidladi.
"O‘ylaymanki, biz barchasini tezda hal qila olamiz. Agar hammasi joyida bo‘lsa, Desham bilan shartnoma bo‘yicha barcha masalalarni shu yil oxirigacha hal qilamiz", - dedi Le Gre.
Eslatib o‘tamiz, Qatar mundialida Desham qo‘l ostidagi Frantsiya terma jamoasi finalga qadar etib borgan va u erda Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar