
Desham: "Agarda futbolimiz zerikarli bo‘lsa, unda boshqa o‘yinni tomosha qiling!"
Dide Desham Ispaniya - Frantsiya uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, tanqidlarga ham javob berib o‘tdi.
"Agarda biz ko‘rsatayotgan futbol sizga zerikarli bo‘lib tuyulayotgan bo‘lsa, unda boshqa o‘yinni tomosha qiling. Bu Evro musobaqasi hamma uchun qiyin o‘tmoqda. Gollar shundoq ham kam urilyapti. Mamlakatimiz uchun qiyin davrda biz erishayotgan natijalar orqali vatanimizni xursand qilishda davom etamiz", - dedi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tami, Ispaniya - Frantsiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.
Fikrlar