Derbidagi mag‘lubiyat Amorimga qimmatga tushishi mumkin

  • 15 sentabr, 15:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turini Manchester derbisi bezab berdi. Har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etgan o‘yinda “Siti” futbolchilari “Yunayted” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.

Tecno

Bu  “Manchester Yunayted”ni o‘tgan yilning noyabridan beri boshqarib kelatgan Ruben Amorim uchun 47 uchrashuvdagi 20-mag‘lubiyat sifatida qayd etildi. Bosh murabbiy o‘zi tanlagan o‘yin uslubi, ya’ni uch himoyachi bilan o‘ynash taktikasi ish bermayotganiga qaramay, uni o‘zgartirmasligini ta’kidlayapti.

Give Me Sport nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyatining sabri tugayapti. Manchesterliklar Ruben Amorim o‘rniga boshqa nomzod topib qo‘ygan. Manbaga ko‘ra, ular klubga “Aston Villa”ni boshqarayotgan Unai Emerini taklif qilmoqchi.

Aksiga olib, ispaniyalik mutaxassis jamoasi ham mavsumni muaffaqiyatsiz boshladi. Birmengem klubi rahbariyati Unai Emeridan norozi. “Manchester Yunayted” bu ziddiyat fonida murabbiyni o‘ziga og‘dirishga urinib ko‘radi.

Unai Emeri ilgari “Spartak Moskva”, “Sevilya” va “Vilyarreal” kabi jamoalarni boshqargani bilan mashhur. Ruben Amorim esa, “Sporting”dagi muvaffaqiyatlaridan keyin Manchesterga taklif qilingandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!