Depay uchun kurashga A Seriya grandlari ham qo‘shildi

  • 1 may, 2020, 20:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi yarim himoyachisi Memfis Depay faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli gollandiyalik futbolchini "Roma", "Milan" va "Latsio" tarkibga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Aytish kerakki, bundan avvalroq Depay uchun PSJ kurash boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Depay joriy mavsum “Lion” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 44 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!