Depay qiyin damda "Barselona"ga yordam berishga qaror qildi

  • 8 iyul, 2021, 21:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barcelona" hujumchisi Memfis Depayning maoshi pasaydi. Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar ayni damda Depayga dastlab kelishilgan 7 million evro to‘lashga qodir emas.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” Depayga yiliga 5 million evro taklif qilgan. Aytish kerakki, bu kelishilgan maoshning 30 foizga pasayishini anglatadi. Ammo Memfis klubga qiyin paytlarda yordam bermoqchi va shu sababli hech qanday muammosiz ushbu shartga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Memfis Depay "Barselona"ga erkin agent sifatida tekinga kelib qo‘shilgan edi.

Depay bundan avval "Lion" safida 4,5 mavsum harakat qildi. U bungacha “Manchester Yunayted” va PSV klublarida ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!