Depay Niderlandiya safida eng ko‘p gol urgan hujumchiga aylandi

  • 7 sentabr, 21:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Memfis Depay Niderlandiya milliy terma jamoasi tarixidagi to‘purar hujumchiga aylandi.

"Korintians" safida to‘p tepayotgan 31 yoshli hujumchi JCh-2026 saralash bosqichida Litva bilan o‘yinda hisobni ochdi. U 11-daqiqada Kodi Gakponing uzatmasidan foydalanib gol urdi.

Tecno

Bu gol Depay uchun Niderlandiya terma jamoasi safidagi 104-o‘yinda 51-goli bo‘ldi. U Robin van Persining natijasini (102 o‘yinda 50 ta gol) ortda qoldirib, o‘z vatani milliy terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!