Depay Benzemani ortda qoldirdi
“Lion” hujumchisi Memfis Depay kecha Frantsiya chempionati doirasida o‘tkazilgan “Strasbur”ga (3:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
E’tiborlisi, gollandiyalik futbolchi shu tariqa, “Lion”dagi gollari sonini 67 taga etkazib oldi va bu borada Karim Benzemani (66) ortda qoldirib, jamoaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 16-o‘ringa ko‘tarildi.
Hozircha, Depaydan yuqorida, aniqrog‘i, 15-o‘rinda 68 ta gol bilan Anxel Ramber, 14-o‘rinda esa Nabil Fekir (69) bormoqda.



Fikrlar