
Depay "Barselona"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Gollandiyalik hujumchi Memfis Depay "Barselona"da yiliga 5 million evro olishga rozi bo‘ldi.
2020/21 yilgi mavsum yakunlangach Depay unga Evropaning ko‘plab top klublari, shu qatorda "Barselona" ham qiziqish bildirayotganini inkor qilmadi. Keyinchalik, futbolchi Barselonadan uy qidirishni boshlagani haqida xabar tarqaldi.
5 iyun kuni jurnalist Nikolo Skira Depay yiliga 5 million evro maosh evaziga "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘lganidan xabar topdi. Agar belgilangan vazifalar bajarilsa, ushbu summa qo‘shimcha bonuslar evaziga ortishi mumkin.
27 yoshli hujumchi faoliyati davomida “Lion”dan tashqari PSV hamda "Manchester Yunayted"da to‘p surgan.
Depay joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar