Depay "Barsa"ga o‘tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi

  • 14 noyabr, 2020, 18:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" hujumchisi Memfis Depay "Barselona"ga yanvar oyida yoki keyingi yilning yozgi transferlar oynasida o‘tishni istamoqda.

Tecno

Kataloniyaliklar ustozi Ronald Kumanning 26 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishi allaqachon paydo bo‘lgandi. Bu Anssumane Fatining jarohati bilan bog‘liq.

"Barselona" va Depay 4 yillik shartnomaga kelishib olgan, bu 2021 yilning 1 iyulida futbolchi erkin agentga aylanganida amalga oshishi kutilmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" gollandiyalik futbolchi bilan uning dastlabki yildagi maoshi kam bo‘lishi borasida gaplashib olgan. Bunga ispan klubining moliyaviy inqirozi sabab bo‘lmoqda.

Tomonlar kelishuvni qishki transferlar oynasida hal qilishga urinib ko‘radi. Masalan, Depay transferni tezlashtirish uchun "Lion"ga bosim o‘tkazishga tayyor.

"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas futbolchi uchun 30 mln evro talab qilmoqda. Hujumchi va "Barsa" qishda maqsadga erisholmasa, yozgacha kutadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!