
Denni Rouz amalga oshmay qolgan transferi haqida nimalar dedi?
"Tottenxem" klubi himoyachisi Denni Rouz jamoadagi holati va amalga oshmay qolgan transferi borasida gapirdi.
“OAVda tarqalayotgan xabarlarning hammasi ham haqiqat emas. Bir kun kelib nimalar bo‘lganini o‘zim sizlarga aytib beraman, lekin hozir noqulay vaziyatga tushmaslikni xohlayman.
Men hozir asosiy tarkibda maydonga tushayotganimdan mamnun bo‘lishim kerak, chunki men yozda jamoadan ketishni rejalashtirayotgan edim”, - deydi angliyalik 29 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Rouzga PSJ va “Yuventus” klublaridan qiziqishlar bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Denni Rouz “shporlar” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar