
Denni Garsiya: Redkach meni tishladi va o‘zini Mayk Tayson deb atadi (Video)
Ikki yo‘nalishning sobiq chempioni Denni Garsiya Ivan Redkachga qarshi kechgan jangning sakkizinchi raundida ro‘y bergan vaziyatga izoh berdi. Ushbu vaziyatda, ukralinalik bokschi Garsiyani tishlab oldi.
"U meni tishladi va "Mayk Tayson", dedi. Hakam jangni to‘xtatadi deb o‘yladim, chunki men unga jiddiy zarba bergandim.
U kuchli yigit! Men uni nokautga uchratmoqchi edim, ammo buni qilolmadim. Aldashni istamayman, men o‘zimni yaxshi his etdim, biroq yaxshi sport formasida emasdim.
Jangga 8 hafta qolganida men 13 kgga ozdim, bu ta’sir qildi," - dedi Garsiya.
Fikrlar