Denni Garsiya Errol Spensni jangga chorladi
Yarim o‘rta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Denni Garsiya, Shon Porter bilan jangdan so‘ng, ikki yo‘nalish IBF, WBC chempioniga aylangan Errol Spensni jangga chorladi.
“Yuqori darajadagi ko‘cha jangi. Og‘ir jang, ikkalasi ham harakterni namoyish etdi. Porter - haqiqiy jangchi.
Sen bilan jang qilmoqchiman, Errol. Men jang kechasiga shu gapni aytishga keldim ”,-dedi Garsiya.
Ma’lumot uchun, Garsiya WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi.



Fikrlar