
Denisov: O‘zbekistonning darajasi Bruneynikidan yuqori, albatta
TsSKA, "Lokomotiv" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy o‘rtoqlik o‘yini haqida fikr bildirdi.
Unga ko‘ra, bu juda qiziqarli bahs bo‘ladi. Denisov bu bahs ertami-kechmi tashkil etilishiga umid bildirdi.
"O‘zbekiston terma jamoasining saviyasi Bruneynikidan yuqori, albatta. Rossiya va O‘zbekiston o‘yinini ko‘rgani kelgan bo‘lardim. Sababi, bu juda qiziq. Umid qilamanki, bu amalga oshadi", - dedi Vitaliy Denisov "Chempionat.com" muxbiri Vladimir Chetverik bilan eksklyuziv suhbat davomida.
Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi avvalroq Bruney terma jamoasi bilan o‘rtoqlik bahsi o‘tkazib, unda 11:0 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar