
Denis Istominning kortga chiqish vaqti aniq bo‘ldi
Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan ertaga soat 03:40da o‘tkaziladi.
7-17 mart kunlari Indian-Uellse shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan "BNP Paribas Open" turniri o‘tkaziladi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Masters” turkumidagi mazkur musobaqani saralash bahslaridan boshlaydi. Denis ushbu bosqichdagi ilk uchrashuvini mezbonlar vakili Evan Songga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar