Xitoyning Liujou shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yarim finalga chiqdi.
Denis musobaqaning yarim finaliga qadar o‘tgan bellashuvlarda yaponiyalik tennischi Makoto Otini, 7:6, 6:3, kanadalik Stiven Diani 4:6, 7:6, 6:0, tavanlik U Tung-linni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa tennischimiz final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda serbiyalik Danilo Petrovichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. Mazkur o‘yin ertaga 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 08:00da boshlanadi.
Fikrlar