Denis Istomin to‘xtashni istamayapti
AQShda tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning yakkalik bahslari chorak finalida D.Istomin avstraliyalik Aleksandr Vukichga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi O‘zbekistonning eng kuchli tennischisi bo‘lgan Denis so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga chiqish uchun avstriyalik Yuriy Rodionov bilan raqobatlashadi.


Fikrlar